- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi хodimlari uchun oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibidagi Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi хodimlari uchun oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminar doirasida dastlab Olmaliq dala ekspeditsiyasi faoliyati va uning tarixi haqida qisqacha maʼlumot berildi. Shundan soʻng ishtirokchilar Miskon koniga tashrif buyurib, geologiya-qidiruv jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.
.jpg)

.jpg)
Amaliy qismda burgʻilash quduqlaridan olingan kern namunalari boʻyicha ishlash tartibi, ularni hujjatlashtirish, namunalar olish va maydalash jarayonlari koʻrsatildi.
Kunning ikkinchi qismida seminar qatnashchilari Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasiga tashrif buyurib, u yerda laboratoriya kompleksining ish faoliyati bilan tanishishdi. Tashrif yakunida esa Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasining tarixi va bugungi kundagi faoliyati haqida taqdimot oʻtkazildi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Bu kabi seminar togʻ-kon sohasi mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashish, yangi bilimlarni amaliyotga tatbiq etish hamda geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
