- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Tabiatni muhofaza qilish — har bir insonning burchi
4
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Zarmitan dala ekspeditsiyasida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish hamda atrof-muhitni asrash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda yetakchi geolog H. Roʻziyev ishtirok etib, tabiat va inson o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, ekologik muvozanatni saqlash hamda tabiiy resurslardan samarali foydalanishning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Suhbat davomida tabiat boyliklari va atrof-muhit musaffoligini asrash har bir insonning muhim burchi ekani ta’kidlanib, ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
