- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Surxontog‘ tizmasining shimoliy qismida joylashgan Chairli uchastkasida geologik-qidiruv ishlari izchil davom etmoqda
"O‘zbek geologiya qidiruv" AJ Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Surxondaryo dala ekspeditsiyasi mutaxassislari tomonidan mazkur hududda oltin ma'dan tanalarini baholash, ularning yon qanotlari hamda boshqa istiqbolli ma'danlashuv zonalarini aniqlash bo‘yicha geologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu ishlar “Olmaliq KMK” AJning maxsus mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida oltin va boshqa foydali qazilmalarning istiqbolli zaxiralarini aniqlash hamda baholash maqsadida keng ko‘lamli geologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayni paytda geologlar tomonidan geologik marshrut kuzatuvlari o‘tkazilib, yer usti tog‘ o‘tish (kanava) ishlari bajarilmoqda.
Olib borilayotgan izlanishlar hududning geologik tuzilishini chuqur o‘rganish, ma'danlashuv zonalarini aniqlashtirish va istiqbolli uchastkalarning mineral resurs salohiyatini baholashga xizmat qiladi. Tadqiqotlar natijasida olingan geologik ma'lumotlar kelgusidagi qidiruv va baholash ishlarining samaradorligini oshirish hamda mamlakatimiz mineral-xomashyo bazasini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.




