1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Surxondaryoda geologiya qidiruv ishlari davom etmoqda

38

Regional markaziy tasvirlash ekspeditsiyasining Janubiy-Sharqiy O‘zbekiston dala ekspeditsiyasi tomonidan 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida Hisor tog‘ tizmasining janubiy-sharqiy qismida joylashgan J-42-51-B va J-42-52-A nomenklatura varaqlari hududida 800 kvadrat kilometr maydonda 1:50 000 miqyosdagi geologik qayta o‘rganish (GQO‘-50) ishlari olib borilmoqda.

Loyiha doirasida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan Sangardak va Bog‘cha uchastkalarida geologik tuzilishni aniqlashtirish hamda ma’danlashuv istiqbollarini baholash maqsadida yer usti tog‘ lahimlari (kanavalar) qazish va burg‘ilash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlar hududning geologik tuzilishini chuqur o‘rganish, foydali qazilma resurslari istiqbollarini baholash hamda geologik ma’lumotlar bazasini yangilashga xizmat qiladi.



Hozirgi kunda barcha ishlar tasdiqlangan loyiha hujjatlari va geologik-texnik talablar asosida belgilangan reja-grafik bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bo‘lishish

Foydali havolalar