- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Sugralida burg‘ilash ishlari jadallashmoqda
Bugungi kunda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ mamlakatimizda geologiya-qidiruv ishlarini tizimli va ilmiy asosda olib borayotgan yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Jamiyat tomonidan foydali qazilma konlarini izlash, ularni aniqlash va sanoat miqyosida o‘zlashtirish imkoniyatlarini baholashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

.jpg)

Xususan, korxona mutaxassislari tomonidan geologik va topografik tasvirlash, zamonaviy texnologiyalar asosida burg‘ilash ishlarini olib borish, shuningdek, olingan namunalarni laboratoriya sharoitida chuqur tahlil qilish ishlari yuqori sifat va aniqlik bilan bajarilmoqda. Bu esa yer osti boyliklari zaxiralarini ishonchli baholash va ulardan samarali foydalanish imkonini yaratmoqda.


.jpg)
Ayni paytda aksiyadorlik jamiyati uran xom ashyosini qazib olish sohasida ham muhim loyihalarni amalga oshirmoqda. Jumladan, “Navoiyuran” davlat korxonasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatining Sugrali hududida geotexnologik quduqlarni burg‘ilash va ularni foydalanishga topshirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ushbu loyihalar mamlakatimizning strategik ahamiyatga ega mineral-xom ashyo bazasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Burg‘ilash ishlari Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Uran partiyasi tomonidan amalga oshirilib, jarayonda zamonaviy burg‘ilash uskunalari va ilg‘or muhandislik yechimlari qo‘llanilmoqda. Mutaxassislar tomonidan har bir quduqning texnik holati, geologik xususiyatlari va ish samaradorligi doimiy nazorat qilib borilmoqda.
Shu bilan birga, loyihalarni amalga oshirishda mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va atrof-muhitni asrash talablariga qatʼiy rioya etilmoqda. Bu esa ish jarayonlarining barqarorligi va xavfsizligini taʼminlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
.jpg)


Umuman olganda, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi konlarni o‘zlashtirish va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
