1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Kasaba uyushmasi xabarlari

Sportning futbol va shaxmat turlari bo‘yicha Kasaba uyushmasi kubogi musobaqalari tashkil etildi

269

Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni shu maqsadda, 11 - noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Tokent viloyatining Gʻazalkent tumanida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Kasaba uyushmasi kubogi musobaqalari tashkil etildi. Musobaqada jamiyat tarkibidagi tashkilotlar sportning futbol va shaxmat turlari bo‘yicha bellashib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etishdi.

Qiziqarli va murosasiz o‘tgan o‘yinlarda futbol bo‘yicha 1-o‘rinni Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspedisiyasi, 2-o‘rinni Hisor Markaziy geologiya qidiruv ekspedisiyasi, 3-o‘rinni Qizilqum Markaziy geologiya qidiruv ekspedisiyasi jamoalari qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, shaxmat musobaqasida ham o‘zaro bahslarda Hisor Markaziy geologiya qidiruv ekspedisiyasi vakilining imkoniyatlari yuqori kelib 1-o‘rinni, Qizilqum Markaziy geologiya qidiruv ekspedisiyasi vakili esa 2-o‘rinni va “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy boshqaruv apparati vakili 3-o‘rinni egallashdi.  Musobaqa yakunida g‘oliblarga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bundan tashqari uyinlarda faol qatnashgan ishtirokchilar turli nominatsiyalarga sazovor bo‘lishdi.

Bu kabi sport musobaqalari jamiyat tarkibida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida jismoniy va ma’naviy sog‘lom muhitni ya’nada mustahkamlashga katta xizmat qiladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ rahbariyati tomonidan bu kabi sport musobaqalarini doimiy tarzda tashkil etib borish hamda xodimlarning muntazam sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan.

Kasaba uyushmasi kubogi musobaqalaridan fotolavhalar

Jamoalar futbol o'yinlarida 

Shaxmat turniri

G'oliblarni taqdirlash marosimi

Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi fubol bo'yicha 1-o'rin g'olibi

Hisor Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi fubol bo'yicha 2-o'rin g'olibi

Qizilqum Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi fubol bo'yicha 3-o'rin g'olibi

Shaxmat turniri bo'yicha g'oliblar

 

“O‘zbek geologiya qidiruv”

aksiyadorlik jamiyati

Axborot xizmati

Bo‘lishish

Foydali havolalar