- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Sport – salomatlik garovi
2026-yil 27-29-mart kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shaharchasida joylashgan “Chotqol” sihatgohida Geologlar kuni munosabati bilan “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ kubogi sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sport tadbiri “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilib, unda jamiyat tizimidagi ekspeditsiyalar, laboratoriyalar, tashkilotlar hamda ijro apparati xodimlaridan iborat 90 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi – xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, jamoada do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, shuningdek sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishdan iborat.
Musobaqalar davomida ishtirokchilar mini-futbol, shaxmat, badminton, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Ikki kun davom etgan qizg‘in bahslar yakunida g‘oliblar aniqlanib, 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari hamda eng yaxshi o‘yinchi va jamoalar maxsus sovrinlar bilan taqdirlandi.
Mazkur sport tadbiri nafaqat sport bellashuvi, balki “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida jamoaviy ruhni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hamda Geologlar kuni bayramini munosib nishonlashga xizmat qildi.
