- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
"S&P Global Ratings" reyting agentligi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ reytingini “B” prognozi “Barqaror” darajada tasdiqladi
122
2025-yil 18-dekabrda xalqaro "S&P Global Ratings" reyting agentligi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ reytingini “B” prognozi “Barqaror” darajada tasdiqladi.
Ushbu ko'rsatkich kompaniyaning moliyaviy barqarorligini va o'z majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish qobiliyatini ko'rsatadi. Shu bilan birga, prognozning “Barqaror” deb baholanishi jamiyat boshqaruv tizimining samarali ekanidan dalolat beradi.
Xalqaro reytingning tasdiqlanishi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning xalqaro moliya institutlari va hamkorlar bilan ishonchli munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, strategik loyihalarni amalga oshirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
