- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Sohibqiron merosi — faxr va ilhom manbai
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida #AmirTemur690 chellenji tashkil etildi. Mazkur tashabbus yoshlar va xodimlar qalbida milliy g‘urur, tarixiy merosga hurmat hamda sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.



Shuningdek, Analitik laboratoriyalar majmuasi xodimlari tomonidan Go‘ri Amir maqbarasi hamda Amir Temur hiyoboniga sayohat qilishdi. Sayohat davomida xodimlar Sohibqironning boy merosi, davlat boshqaruvidagi yondashuvi va “Temur tuzuklari” asosidagi qarashlari haqida ma'lumotlar olishdi.
Mazkur tadbirlar xodimlar orasida tarixiy ongni mustahkamlash, buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhini oshirish hamda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.
