- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Sog‘lom xodim — faol jamoa
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasi xodimlari o‘rtasida futbol, stol tennisi va shashka bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi. Mazkur sport tadbirini o‘tkazishdan asosiy maqsad xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.
Musobaqalar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, sport mahorati va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Sport bellashuvlari ko‘tarinki kayfiyat, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat ruhida qizg‘in tarzda o‘tdi. Xususan, futbol bahslarida jamoalar g‘alaba uchun murosasiz kurash olib borgan bo‘lsa, stol tennisi va shashka musobaqalarida ishtirokchilar o‘zlarining tezkorligi, aniqligi va strategik fikrlash qobiliyatlarini namoyish etdilar..jpg)
Musobaqalar yakunida yuqori natijalarni qayd etgan g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandilar. Ta’kidlash joizki, bunday sport tadbirlarining muntazam tashkil etilishi xodimlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda jamoada o‘zaro hamjihatlik va do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

.jpg)
.jpg)