1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Sog‘lom xodim — faol jamoa!

10

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi xodimlari o‘rtasida futbol, stol tennisi va shashka bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqalardan ko‘zlangan maqsad — xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish.

Bellashuvlar ko‘tarinki kayfiyat va do‘stona muhitda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z mahorat va qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar