- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Sog‘lom turmush tarzi – farovon hayot asosi
Sog‘lom turmush tarzi farovon va baxtli hayotning muhim omillaridan biridir. Har bir inson sog‘lig‘ini asrash va mustahkamlash uchun doimo sog‘lom turmush tarziga rioya etishi zarur. Bu, avvalo, kun tartibiga amal qilish, faol harakat orqali organizmni chiniqtirish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, to‘la va sifatli ovqatlanish, shuningdek, gigiyenik qoidalarga rioya etishdan iboratdir. Zararli odatlardan tiyilish va serharakatlilik esa organizmni tabiiy ravishda rag‘batlantirib, umumiy salomatlikni yaxshilaydi.
Ana shu maqsadlarni inobatga olgan holda, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari uchun sport xona tashkil etildi. Mazkur tashabbus jamoa a’zolarining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash va mehnat unumdorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
