1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Samarqandda korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

48

Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida  xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Uchrashuvda Aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati hamda Yuridik bo‘lim boshlig‘i maʼruza bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb jihatlari, sohadagi so‘nggi islohotlar hamda yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Mutaxassislar tomonidan korrupsiya holatlarining oldini olish, bu boradagi qonunchilik talablari va xodimlarning masʼuliyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ushbu tadbir xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish va ish jarayonida shaffoflikni taʼminlashga xizmat qiladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar