- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Men ko‘chat ekaman” aksiyasi tashkil etildi. Mazkur tadbir atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarda ekologik muhitni yaxshilash hamda yashil hududlar maydonini kengaytirishga qaratilgan.

Aksiya davomida ekspeditsiya xodimlari tomonidan hududda turli xil daraxt ko‘chatlari ekildi. Tadbirda ishtirokchilar tabiatga e’tiborli bo‘lish, ekologik madaniyatni oshirish hamda kelajak avlodlar uchun sog‘lom muhit yaratish muhimligini ta’kidladilar.



Shuningdek, aksiyada faol qatnashgan xodimlar ko‘chatlarni parvarish qilish, ularni asrab-avaylash har bir fuqaroning burchi ekanligini qayd etdilar.
Mazkur tashabbus yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni ko‘paytirish hamda aholining ekologik ongini yuksaltirishga xizmat qiladi.
