1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida “O‘zbek tilim — jonu dilim” tadbirlari o‘tkazildi

9

Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi hamda 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar doirasida “O‘zbek tilim — jonu dilim” shiori ostida diktant yozildi, shuningdek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Muhammad Yusuf ijodidan ona tilimiz, millatimiz va Vatanimizni tarannum etuvchi she’rlar o‘qib eshittirildi.

Tadbirlarning asosiy maqsadi — ona tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzini yuksaltirish hamda milliy qadriyatlarimizni kelajak avlodlarga yetkazishdan iborat.

Bo‘lishish

Foydali havolalar