- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi "TalabaExpo – 2026" kasb ko‘rgazmasida ishtirok etdi
17
"Kelajakka qadam" dasturi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Samarqand viloyatida "TalabaExpo – 2026" kasb ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi ham ishtirok etib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda korxonada faoliyat yuritish imkoniyatlari haqida bitiruvchilarga batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir davomida yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularga mavjud vakant lavozimlar, mehnat sharoitlari va geologiya sohasida faoliyat boshlash istiqbollari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
