- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda ekspeditsiya hamda uning tarkibidagi dala ekspeditsiyalari ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
.jpg)
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashishda 2026-yil “Favqulodda holat” e’lon qilingani, ushbu illatga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari va belgilangan vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Yurtboshimizning “Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish islohotlarimizga xiyonatdir” degan so‘zlarining mazmun-mohiyati tushuntirilib, halollik va qonun ustuvorligini ta’minlash har bir xodimning muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.
