1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi

5

Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tasdiqlangan ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida qator o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Ushbu seminarlarda markaziy ekspeditsiyaning iqtisod va moliya bo‘limi, hisobxona xodimlari, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari sarfi uchun moddiy javobgar shaxslar hamda dala ekspeditsiyalarining avtotransport uchastkalari xodimlari ishtirok etdi.

Seminarlar davomida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlari, ularning mazkur illatga qarshi kurashdagi ahamiyati va vazifalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga korrupsiyaning turlari va ko‘rinishlari, unga qarshi kurashish usullari hamda maishiy, iqtisodiy va siyosiy korrupsiya tushunchalari atroflicha izohlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan murojaatida belgilab berilgan korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.

Yakunida barcha rahbar, muhandis-texnik xodimlar va ishchilar korrupsiyaga qarshi kurashda faol bo‘lishga chaqirildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar