1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Samarqand Markaziy ekspeditsiyasiga press-tur tashkil etildi

53

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tarkibidagi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan respublika mineral-xomashyo bazasini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari ijrosi hamda geologlarning dala sharoitidagi faoliyatini yoritish maqsadida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasiga ikki kunlik press-tur tashkil etildi.

Samarqand MGQE rahbari S.Nematullayevning ta’kidlashicha, bugungi kunda ekspeditsiya jami 32 ta loyiha ustida ishlamoqda. Press-tur davomida asosiy e’tibor uzoq tog‘ sharoitida tunu kun mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar va burg‘ilash ustalari uchun yaratilgan qulay mehnat sharoitlariga qaratildi.

Press-tur dasturi doirasida jurnalistlar va blogerlar bevosita Shimoliy-Nurota tog‘ tizmasining janubiy yon bag‘irlarida joylashgan Zarmitan dala ekspeditsiyasi hududiga tashrif buyurishdi. OAV vakillari bugungi kunda 8 ta yirik loyiha asosida geologiya-qidiruv ishlarini olib borayotgan Zarmitan dala ekspeditsiyasidagi zamonaviy burg‘ilash qurilmalari faoliyati, yer osti tog‘-kon lahm o‘tish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar. Ishtirokchilar tog‘ jinslaridan olingan geologik namunalarni maydalash va maxsus saqlash uchastkalarida olib borilayotgan ishlarni ko‘rishdi. Ayniqsa, laboratoriya jarayonlarini to‘liq raqamlashtirgan yangi “Namunalarni nazorat qilish” axborot tizimining ishlash mexanizmi jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi.



Ushbu media-tadbir jamoatchilikka mamlakatimiz iqtisodiy mustahkamligining poydevori bo‘lgan yer osti boyliklarini aniqlashda o‘zbek geologlarining mashaqqatli va sharafli mehnatini yaqindan ko‘rsatish imkonini berdi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar