1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

13

Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, jamoada mutolaa muhitini shakllantirish hamda yosh mutaxassislarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida kitob mutolaasining shaxs kamoloti va kasbiy rivojlanishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, “Eng faol kitobxon” tanlovini tashkil etish, kutubxona fondini boyitish hamda elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli davom ettirish zarurligi qayd etildi. Regional markaziy  geologiya tasvirlash ekspeditsiyasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Bo‘lishish

Foydali havolalar