- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasida korrupsiyaga qarshi seminar o‘tkazildi
Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasida Buxgalteriya, iqtisod va moliyalashtirish bo‘limi, moddiy-texnik ta’minot bo‘limi, texnik ishlab chiqarish bo‘limi, elektro-mexanika bo‘limi hamda avtotransport uchastkasi xodimlari uchun manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga manfaatlar to‘qnashuvining mazmuni, uning salbiy oqibatlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, amaldagi qonunchilik talablari, ichki tartib-qoidalarga rioya qilishning ahamiyati va xizmat faoliyatida shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Seminar interaktiv tarzda o‘tkazilib, xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar. Bunday tadbirlar xodimlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
