1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasida kitobxonlik madaniyati targ‘ib etilmoqda

10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ–9-son qarori ijrosi doirasida Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaa an’analarini keng targ‘ib etishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.


Ekspeditsiyada xodimlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida badiiy, ilmiy va kasbiy adabiyotlardan muntazam foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Mazkur tashabbuslar xodimlarning bilim va tafakkurini boyitish, kasbiy salohiyatini oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Kitob — bilim, ma’naviyat va taraqqiyot sari yetaklovchi bebaho boylikdir.

Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasida ushbu ezgu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bo‘lishish

Foydali havolalar