1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiya xodimlari uchun Zominning betakror tabiatiga sayohat tashkil qilindi

11

2025-yil 15-16-noyabr kunlari «Oʻzbek geologiya qidiruv» AJ Kasaba uyushmasi tomonidan Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiya xodimlari uchun Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi.

Safar davomida ishtirokchilar Zomin milliy tabiat bogʻiga, Dor yoʻli, Oynavand ko‘prik, ming yillik archaga hamda Sherbuloqning musaffo suviga tashrif buyurdilar. Xodimlar togʻlarning goʻzal manzaralari, toza havo va betakror tabiat bagʻrida mazmunli dam olishdi.

Ushbu tadbir xodimlar oʻrtasida jamoaviy birlikni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarziga eʼtiborni kuchaytirish va doʻstona muhitni rivojlantirishga xizmat qildi.

Sayohat yakunida ishtirokchilar Zominning tabiiy goʻzalligi va birgalikdagi maroqli lahzalardan olgan iliq taassurotlari bilan qaytishdi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar