1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvida yoshlar takliflari tinglandi

12

Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasida 14-noyabr kuni navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda, sohadagi texnologik yangilanishlar, yosh xodimlar uchun malaka oshirish va qo‘shimcha o‘quv dasturlari, jamoada sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni kuchaytirish, xususan, kitobxonlik va zakovat o‘yinlarida faol ishtirokni rag‘batlantirish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, soha bo‘yicha eng dolzarb masalalar, kutilayotgan modernizatsiya jarayonlari hamda yangi texnologiyalarning joriy etilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan taklifalarini bildirishdi. Rahbariyat tomonidan har bir masala bo‘yicha aniq javoblar berilib, tegishli topshiriqlar qayd etildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar