1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

21

Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi rahbariyat hamda yosh xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.


Tadbirda Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi boshlig‘i R.Ergashev so‘zga chiqib, yoshlar yurtimiz kelajagining poydevori, Vatanimiz taraqqiyoti va ravnaqining eng muhim harakatlantiruvchi kuchi ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilgani, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, kasbiy salohiyatini oshirishi hamda o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini qayd etdi.

Uchrashuv davomida bugungi kunda yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, xorijiy tillarni puxta egallash, geologiya, innovatsiyalar va tadbirkorlik yo‘nalishlarida o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil so‘z yuritildi. Ta’kidlanganidek, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yoshlar geologiya sohasining rivojlanishi hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Davra suhbati davomida yoshlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy faoliyatida uchrayotgan ayrim masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida yoshlar ilm-fan, innovatsiyalar va kasbiy rivojlanishga intilish, o‘z ustida muntazam ishlash hamda Vatan ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishga chaqirildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar