- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
"Rahbar va yoshlar" – ochiq muloqot maydoni
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi hamda uning tarkibidagi dala ekspeditsiyalari yosh ishchi-xodimlari ishtirokida "Rahbar va yoshlar" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yosh mutaxassislarning mehnat faoliyati, kasbiy rivojlanishi, innovatsion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Yosh xodimlar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Davra suhbati davomida Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiya boshlig‘i S.Yu. Nematullayev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kolorado shtatidagi Colorado School of Minesda qisqa muddatli o‘quv kurslari davomida orttirgan bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Xalqaro tajribalar, zamonaviy geologik izlanishlar hamda sohaga oid ilg‘or yondashuvlar yuzasidan qimmatli tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida ustoz-shogird an’analarini yanada mustahkamlash, yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, mehnat sharoitlarini takomillashtirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda faolligini oshirish maqsadida bunday ochiq muloqotlarni muntazam ravishda tashkil etib borish muhimligi alohida ta’kidlandi.
