1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

“RAHBAR VA YOSHLAR” — OCHIQ MULOQOT

22

Analitik laboratoriyalar majmuasida yosh xodimlar bilan ochiq muloqotga asoslangan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning mehnat faoliyati, jamoada tutgan o‘rni, kelgusidagi maqsad va intilishlari haqida fikr almashildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar.

Muloqot davomida yoshlarning takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda samarali mehnat faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlar va rahbariyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, mavjud masalalarni o‘rganish hamda istiqboldagi vazifalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar