- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Qizilqumda sayyor qabul tashkil etildi
107
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida aholi murojaatlarini joyida o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi. Unda ekspeditsiya rahbariyati hamda mahalliy hokimlik idoralari vakillari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning turli masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, ularga amaldagi qonunchilik doirasida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ko‘tarilgan muammolar va bildirilgan takliflar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etildi, ijro uchun mas’ullarga tegishli topshiriqlar belgilandi.
Mazkur sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini tezkor va samarali hal etishga xizmat qildi.
