1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Qizilqumdа korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

3

Jamiyat Kuzatuv kengashining 2026-yil 27-yanvardagi 01-2026-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2026-yil uchun etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitish ish rejasiga muvofiq Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur o‘quvda Iqtisodiyot va moliyalashtirish bo‘limi hamda Buxgalteriya bo‘limi xodimlari ishtirok etib, “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” hamda “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish” mavzulari yuzasidan bilimlarini mustahkamladi.

O‘quv jarayoni davomida xodimlarga test savolnomalari tarqatilib, ularning bilim darajasi sinovdan o‘tkazildi. Ushbu tadbir xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda ochiqlik va halollik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar