- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi xodimlari tarixiy obidalar bo‘ylab sayohat qildi
31
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi xodimlari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida qadimiy va betakror tarixga ega bo‘lgan Samarqand shahrining tarixiy obidalariga sayohat tashkil etildi. Mazkur sayohat xodimlarning madaniy hordiq chiqarishi, milliy merosimiz bilan yaqindan tanishishi hamda jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
.jpg)

Bunday sayohatlar xodimlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda jamoa a’zolari o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Sayohat yakunida ekspeditsiya xodimlari boy tarixiy merosga ega Samarqand obidalaridan katta taassurotlar bilan qaytishdi.
