- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida raqamli infratuzilma yangilandi
19
2026-yil 19–30-aprel kunlari Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida kompyuter tarmog‘ini yaratish va modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Markaziy binoda zamonaviy tarmoq infratuzilmasi o‘rnatilib, barqaror va ishonchli aloqa yo‘lga qo‘yildi.
.jpg)
.jpg)
Muruntau va Kokpatas hududlarida ham tarmoqlar tashkil etilib, axborot xavfsizligini ta’minlash uchun zamonaviy himoya tizimlari joriy qilindi. Shuningdek, Kokpatasga optik tolali internet olib kirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
.jpg)
Mazkur loyiha hududda raqamli infratuzilmani rivojlantirish va ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
