1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida sayyor qabul o'tkazildi

19

Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida Zarafshon shahar hokimligi hamda shahar prokuraturasining mas'ul xodimlari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda markaziy ekspeditsiya boshlig'i Tursunov Elbek Elmurodovich, Zarafshon shahar hokimligi va prokuratura vakillari ishtirok etib, ekspeditsiya ishchi-xodimlari hamda Muruntau shaharchasi aholisi bilan ochiq muloqot o'tkazdilar. Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, takliflari va mavjud muammolari tinglanib, ularning yechimiga alohida e'tibor qaratildi.



Sayyor qabul davomida bildirilgan murojaatlar yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Har bir masala amaldagi qonunchilik va belgilangan tartiblar asosida ko'rib chiqilib, murojaatchilarga huquqiy hamda amaliy tushuntirishlar berildi. Qo'shimcha o'rganishni talab etadigan masalalar bo'yicha esa mas'ul mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini ta'minlash bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul yakunida fuqarolar murojaatlarini o'z vaqtida va sifatli ko'rib chiqish, ularning ijrosini qat'iy nazorat qilish hamda aholi bilan ochiq muloqotni izchil davom ettirish muhim vazifa ekani alohida ta'kidlandi. Mazkur uchrashuv aholi manfaatlarini ta'minlash, mavjud muammolarni joyida hal etish va davlat organlari bilan fuqarolar o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar