1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

O‘zbekiston va Xitoy to‘g‘-kon sanoatida “yashil” hamkorlikni kengaytirmoqda

50

Xitoy Xalq Respublikasida “O‘zbekistonda tog‘-kon sanoatini barqaror rivojlantirish” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbir ikki davlat o‘rtasida mineral resurslardan oqilona foydalanish va sohaga zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Joriy yilning 5-18-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan ushbu seminarda O‘zbekiston tog‘-kon sohasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi. Tadbir Xitoyning Pekin va Sian kabi yirik shaharlarida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Seminar davomida Xitoyning geologiya va tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, mineral resurslardan oqilona foydalanish, ESG tamoyillarini joriy etish, ekologik monitoring hamda geologik jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribasi o‘rganildi. Shuningdek, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Geomonitoring bo‘limi boshlig‘i – Elbek Pulatov O'zbekiston Respublikasining mineral-xom ashyo salohiyati va “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyati, maqsadi va vazifalari haqida seminar ishtirokchilariga ma’lumot berdi.

Tadbir ishtirokchilari Sian shahrida geologik qidiruv jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan “Geosite” tizimi hamda yirik sanoat korxonalarining barqaror rivojlanish tajribasi bilan tanishdilar.

Mazkur seminar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va olingan bilim va ilg‘or xorijiy tajribalarni sohada qo‘llash orqali ekologik xavfsizlikni ta’minlash, resurslarni tejash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar