1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida tog‘-kon sanoatida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

7

2026-yil 7-sentabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida O‘zbekiston–Serbiya Hukumatlararo komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova ishtirok etdi.

Yigʻilish doirasida vazirlik vakillari Serbiya Togʻ-kon sanoati va energetika vazirligi davlat kotibi, shuningdek, togʻ-kon, metallurgiya va energetika tarmoqlari uchun uskunalar hamda mashinalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan GOSA FOM kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

Muzokaralarda maxsus texnikalar ishlab chiqarishni kengaytirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda konchilik tarmog‘ining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar