1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi: huquqiy asoslar va davlat ramzlari

18

O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi mamlakatimiz tarixida muhim huquqiy va siyosiy hujjatlar asosida qaror topgan.

Mustaqillik deklaratsiyasi — 1990-yil 20-iyun

Oliy Kengashning II sessiyasida qabul qilingan. O‘zbekistonning davlat suverenitetini e’lon qilgan va xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini mustahkamlagan muhim hujjat.

O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot — 1991-yil 31-avgust

Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasida qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi rasman e’lon qilingan.


«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun — 1991-yil 31-avgust

17 moddadan iborat mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasining mustaqil va demokratik davlat sifatidagi huquqiy maqomini mustahkamladi hamda istiqlolning huquqiy asoslarini belgilab berdi.

Mustaqillik referendumi — 1991-yil 29-dekabr

Umumxalq referendumida saylovchilarning 98,2 foizi O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini yoqlab ovoz berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 1992-yil 8-dekabr

Mustaqil O‘zbekistonning Asosiy Qonuni sifatida suveren davlat qurilishining huquqiy asoslarini, inson huquq va erkinliklarining kafolatlarini mustahkamladi.

Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, davlatimiz taraqqiyoti va farovon kelajagimizning mustahkam poydevoridir!

Bo‘lishish

Foydali havolalar