- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan:
«O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari – bosh geologi - Ergashev Elmurod Xasanovich - «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni bilan,
«O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi burg‘ilash uchastkasi burg‘ilovchisi - Nuraliyev Raxmonali Azimovich - «Mehnat shuhrati» ordeni bilan,
«O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyatining Samarqand markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi buldozer mashinisti - Sayitov Hamza Qahharovich - «Shuhrat» medali bilan taqdirlanishdi.
Mamlakatimiz geologiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, qazilma boyliklar geologiyasi, tadqiqot va qidiruv tarmog‘ini rivojlantirish, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mineral resurslarni aniqlash, yangi konlar va xomashyo zaxiralarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘zlashtirish borasidagi katta xizmatlari uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Davlat mukofoti bilan taqdirlangan hamkasblarimizni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
