- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
O‘zbekiston delegatsiyasi MDH davlatlari Hukumatlararo kengashining XXIX sessiyasida ishtirok etdi
2026-yil 24–25-sentabr kunlari Minsk shahrida MDHga a’zo davlatlarning Yer qa’rini qidirish, undan foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha Hukumatlararo kengashining XXIX sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, "O‘zbek geologiya qidiruv" AJ va boshqa tashkilotlardan vakillar ishtirok etdi.
Sessiyada Hukumatlararo kengashning 2023–2030-yillarga mo‘ljallangan Istiqbollar rejasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari mamlakatimizda geologik tadqiqotlar, raqamli geologik xaritalarni yaratish hamda yagona milliy geologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish borasida erishilgan natijalar bo‘yicha ma’ruzalar bilan qatnashdi.


Tadbir ishtirokchilari yer qa’rini geologik o‘rganish, sohani raqamlashtirish va MDH davlatlari geologik xizmatlari o‘rtasidagi axborot almashinuvini rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashdilar.
