- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
ÖZBEK TILI RAVNAQI YÖLIDA MUHIM QADAM!
Bugun — 21-oktyabr, Özbek tili bayrami kunida lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunning imzolanişi tilimiz ravnaqi yölidagi muhim voqea sifatida e’tirof etilmoqda. Uzoq yillardan buyon muhokamalarga sabab bölib kelayotgan alifboni takomillaştiriş masalasi yozuvimizdagi noqulayliklarni bartaraf etiş, özbek tilining raqamli makondagi imkoniyatlarini kengaytiriş hamda yoş avlodning savodxonligini oşirişga xizmat qilişi közda tutilgan.
Yangi tartibni joriy etişda bosqiçma-bosqiç yondaşuvga amal qilinişi, amaldagi hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarning öz kuçida qolişi, darsliklar, peşlavhalar va körsatkiçlarning esa yaroqlilik muddati tugagaç, izçil ravişda almaştirilişi muhim ahamiyatga ega.
21-oktyabr — Özbek tili bayrami kunida bu boradagi qarorning qabul qilinişi çuqur ramziy ma’noga ega. Zero, tilimizni asrab-avaylaş, uning nufuzini oşiriş va zamonaviy taraqqiyot talablariga mos ravişda rivojlantiriş barçamizning muhim vazifamizdir.
