- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 14-avgust kuni "O'zbek geologiya qidiruv" AJ ijro apparati xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ'ibot tadbir tashkil etildi. Unda Tog‘-kon sanoati geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh.Sag‘dullayev korrupsiyaga qarshi kurashish va uning huquqiy asoslari, manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va turlari, odob-axloq qoidalari, uning prinsiplari hamda Odob-axloq komissiyasi vakolatlari to‘g‘risida ma'lumotlar berdi. Shuningdek, uchrashuv davomida axloq komissiyasi vakolatlari to‘g‘risida taqdimot qilinib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar va tushuntirishlar berildi.


Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda bu kabi targ'ibot tadbirlari muhim ahamiyatga ega.
