- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ xodimlari xalqaro standartlar asosida o‘qitilmoqda
15
Aksiyadorlik jamiyati Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati xodimlari yillik dastur doirasida “CERT academy” xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan “ISO 37001:2025 bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi menejment tizimini boshqarish” xalqaro standarti asosida o‘qitilmoqda.
O‘quv jarayonida xodimlarga amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berilmoqda. Shuningdek, xalqaro standart doirasiga kiritilgan yangi talablar va ularning amaliy ahamiyati keng yoritilmoqda.


Mazkur o‘quvlar tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, shaffoflik va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
