1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ xodimlari ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etdi

58

Bugungi kunda “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tizimida 4 mingdan ziyod xodimlar samarali faoliyat olib bormoqda. Jamiyat jamoasi nafaqat o‘ziga yuklatilgan ishlab chiqarish vazifalarini mas’uliyat bilan bajarib kelmoqda, balki mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarda ham faol ishtirok etmoqda.

Xususan, Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida jamiyatning barcha hududiy bo‘linmalari va tarkibiy tuzilmalari xodimlari uyushqoqlik va yuksak mas’uliyat bilan qatnashdi. Mazkur jarayonda xodimlar aholi va xo‘jalik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda to‘plash, tushuntirish ishlarini olib borish hamda ro‘yxatga olish ishlarining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga munosib hissa qo‘shdilar.

Ushbu faol ishtirok jamiyat xodimlarining fuqarolik burchiga sadoqati, ijtimoiy mas’uliyati hamda davlat ahamiyatiga molik tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashdagi faolligini yaqqol namoyon etadi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar