1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ xalqaro panel muhokamalarida faol ishtirok etdi

23

Nufuzli xalqaro konferensiya doirasida tashkil etilgan navbatdagi panel muhokamasi mahalliy va xorijiy ekspertlarning diqqat markazida bo‘ldi. Unda ishtirok etgan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Elmurod Ergashev kompaniyaning bugungi salohiyati va mamlakat iqtisodiyotidagi strategik o‘rniga alohida to‘xtaldi.

Elmurod Ergashev o‘z nutqida Jamiyatning geologiya-qidiruv sohasida barcha zamonaviy yo‘nalishlarni qamrab olgan yirik kompaniya ekanligini ta’kidladi. Ayniqsa, O‘zbekistonning mineral-xomashyo bazasini tubdan rivojlantirish va yer osti resurslarini ko‘paytirishda jamiyatning hissasi beqiyosdir. Shuningdek, ma’ruza davomida Chotqol-Qurama hududining metalloginik istiqboli va “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan ushbu hududda foydali qazilmalarga olib borilayotgan geologiya-qidiruv loyihalari haqida konferensiya ishtirokchilariga ma’lumot berildi.



Ta’kidlash joizki, tadbir davomida yangi konlarni izlash samaradorligini oshirishda sun’iy intellekt va katta hajmdagi geologik ma’lumotlardan foydalanish hamda xalqaro ekspertlar zamonaviy tahliliy vositalari, prognozli modellashtirish, geologik-geofizik ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashda yangi texnologiyalardan foydalanishning imkoniyatlari atroflicha muhokama qilinmoqda.

Bo‘lishish

Foydali havolalar