1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ mutaxassislari xalqaro seminarda ishtirok etishdi

28

Joriy yilning 24-26-iyun kunlari xalqaro hamkorlik doirasida “Yer qarini o‘rganishning mintaqaviy usullari va yondashuvlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tadbirning asosiy tashkilotchisi Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida joylashgan Karpinskiy nomidagi Butunrossiya geologiya ilmiy-tadqiqot instituti hisoblanadi. Anjumanda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari geologiya xizmatlari rahbarlari, soha mutaxassislari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdi.



Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu xalqaro tadbir geologiya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar, ilmiy izlanishlar hamda amaliy tajribalarni muhokama qilish uchun muhim maydon vazifasini o‘taydi. Davra suhbati davomida ishtirokchilar yil davomida amalga oshirilgan geologik-qidiruv ishlari, erishilgan natijalar va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Dastur doirasida 30 ga yaqin ilmiy-amaliy ma’ruza tinglandi. Jumladan, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Regional geologiya boshqarmasi boshlig‘i M.M. Rizaev tomonidan “Auminzatau maydonining geologik tasvirlash ishlari natijalari” mavzusida taqdimot o‘tkazildi. Ma’ruzada hududda olib borilgan geologik tasvirlash ishlari natijalari, aniqlangan geologik xususiyatlari hamda istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ mazkur xalqaro ilmiy-amaliy tadbirning doimiy ishtirokchilaridan biri bo‘lib, bu yil ham onlayn formatdagi taqdimot bilan qatnashdi. Shuningdek, jamiyatning bir qator mutaxassislari ham davra suhbatida faol ishtirok etib, xalqaro tajribalarni o‘rganish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va geologiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhokamalarda faol ishtirok etib kelishmoqda.

Mazkur xalqaro platformada ishtirok etish “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ mutaxassislarining ilmiy salohiyatini namoyon etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda geologiya-qidiruv ishlarida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga xizmat qilmoqda.

Bo‘lishish

Foydali havolalar