- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy laboratoriyasi malaka tekshiruvi dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy laboratoriyasi “Qattiq foydali qazilmalar va ularni qayta ishlash mahsulotlari: element tarkibi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan malaka tekshiruvi dasturi (laboratoriyalararo solishtirma sinovlar)ning MSI № 1.1/2026-1 raundida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Mazkur dastur N.M. Fedorovskiy nomidagi Butunrossiya mineral xomashyo ilmiy-tadqiqot instituti (VIMS) tomonidan tashkil etildi. Dastur doirasida ishtirokchi laboratoriyalar mineral xomashyo namunalaridagi elementlar miqdorini aniqlash bo‘yicha tahlillarni amalga oshirdi. Olingan natijalar xalqaro talablarga muvofiq statistik usullar asosida baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy laboratoriyasi tahlillarni bajarish sifati bo‘yicha ijobiy bahoga sazovor bo‘ldi. Ushbu natija laboratoriyada qo‘llanilayotgan tahlil uslubiyotlarining ishonchliligi hamda mutaxassislarning yuqori malakasi va kasbiy kompetensiyasini yana bir bor tasdiqlaydi.
Malaka tekshiruvi dasturlarida muntazam ishtirok etish laboratoriya faoliyatida sifatni ta’minlash tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ISO/IEC 17025 xalqaro standarti talablariga muvofiqlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Dastur yakunlari bo‘yicha “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy laboratoriyasiga malaka tekshiruvi dasturi ishtirokchisi sifatidagi rasmiy guvohnoma topshirildi.
