- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi bo‘yicha xalqaro ISO 37001:2016 sertifikatini oldi
Bugun Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yuristlar malakasini oshirish markazi va Xalqaro standartlashtirish tashkiloti(ISO) hamda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ xodimlari va faollari ishtirok etishdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar korrupsiyani davlat rivojiga ta’sir qiluvchi salbiy oqibatlari haqida to‘xtalib, batafsil ma’lumotlar berib o‘tishdi. Shundan so‘ng «CERT Group» rahbari Ibragimov Riad Asimovich tomonidan sertifikatlashtirish tartib-qoidalariga muvofiq o‘tkazilgan audit natijalari va talablariga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini tasdiqlash maqsadida Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Islamov Bobir Farxadovichga hamda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshqaruv raisi Alimov Shamsiddin Paxritdinovichga korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimining xalqaro ISO 37001:2016 sertifikatini topshirdi. Bu sohada: qattiq foydali qazilmalarning barcha turlari bo‘yicha ya’ni geologik, geofizik, laboratoriya, topografik tadqiqot va boshqa turdagi geologik qidiruv ishlarini standart talablariga javob berishini anglatadi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, ISO 37001:2016 xalqaro sertifikati bu tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini o‘zida jamlagan, korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan xalqaro standart hisoblanadi. Shuningdek, ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, qo‘llab-quvvatlash, tahlil qilish va takomillashtirish uchun talab va ko‘rsatmalarni belgilaydi. Xulosa o‘rnida bu sertifikat korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf qilish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirayotganligini tasdig‘i bo‘la oladi.



.jpg)
.jpg)

.jpg)
“O‘zbek geologiya qidiruv”
aksiyadorlik jamiyati
Axborot xizmati
