- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
O‘quv-dala amaliyoti davom etmoqda
Geologiya fanlari universiteti talabalarining Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida o‘tayotgan "Quduqlarni burg‘ilash" fani bo‘yicha o‘quv-dala amaliyoti davom etmoqda.
Amaliyot davomida talabalar Olmaliq dala ekspeditsiyasi tasarrufidagi kern saqlash omborida geologik kern namunalarini saqlash va ro‘yxatga olish jarayonlari, shuningdek, namunalarni laboratoriya tahlillariga tayyorlash bosqichlari bilan tanishdilar.
Olmaliq dala ekspeditsiyasining Qo‘lcho‘loq ma’danli maydoni Markaziy uchastkasi hamda Qalmoqir konida faoliyat olib borayotgan burg‘ilash brigadalariga tashrif buyurib, burg‘ilash ishlarining tashkil etilishi va zamonaviy uskunalarning ish jarayonlarini kuzatdilar.
Mazkur amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
