1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Olmaliq dala ekspeditsiyasida rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

7

Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi rahbariyati tomonidan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv sayyor tarzda Olmaliq dala ekspeditsiyasida tashkil etildi. Tadbir yoshlar bilan bevosita joyida ishlash, ularning faoliyati va sharoitlarini o‘rganish maqsadida o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yosh mutaxassislarning ish jarayoni hamda yashash sharoitlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Shuningdek, yoshlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan zamonaviy texnika va kompyuter jihozlarini xarid qilish masalasi ko‘rib chiqilib, amaliy kelishuvlarga erishildi.

Tadbir yakunida rahbariyat tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash va samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar