1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

"Oʻzbek geologiya qidiruv" AJ xodimlari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga sayohati tashkil etildi

28

Umumxalq bayramlari milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazishda muhim o‘rin tutadi. Bayramlar doirasida tashkil etiladigan jamoaviy sayohatlar esa ichki turizmni rivojlantirish, tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarga qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan "Oʻzbek geologiya qidiruv" AJ xodimlari uchun Oqsaroy hududida joylashgan Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga sayohat tashkil etildi. Tashrif davomida xodimlar Islom Karimovning hayoti va davlatimiz mustaqilligi yillaridagi islohotlar bilan yaqindan tanishdilar. Bunday tadbirlar jamoada birdamlikni mustahkamlab, ichki turizm rivojiga munosib hissa qo‘shadi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar