- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Navro‘z: yangilanish va yangi marralar fasli
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tarkibidagi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ va “Yer qa’ridan foydalanish markazi” davlat muassasasida bahorning eng ulug‘ ayyomlaridan biri – Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi. “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari faol ishtirok etdi.



.jpg)
Bahorning kirib kelishi geologiya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun alohida mazmun kasb etadi. Chunki bu fasl nafaqat tabiatning yangilanishi, balki yangi izlanishlar va yangi marralarni zabt etish davrining boshlanishidir. Bahor bilan birga geologlar uchun dala ishlari, qidiruv va tadqiqot jarayonlari yana-da faollashadi. Yer qa’ridagi boyliklarni izlab topish, ularni ilmiy asosda o‘rganish va mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi konlarni aniqlash yo‘lida geologlar fidokorona mehnat qilishadi. Shu bois bahor fasli geologiya sohasi xodimlari uchun yangi imkoniyatlar, yangi yutuqlar va muhim natijalarga boy davr sifatida qaraladi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda nafaqat Navro‘z shukuhi balkim soha xodimlarining yangi marralarni zabt etish, yangi izlanishlar olib borish va yurtimiz yer qa’ridagi boyliklarni kashf etish yo‘lidagi yangi bosqich hisoblanadi. Tadbir milliy an’analarni zamonaviy tashkilotchilik bilan uyg‘unlashtirish tamoyili asosida tashkil etildi. Unda jamoa ahilligi, bahoriy kayfiyat va milliy qadriyatlarni ulug‘lash g‘oyasi asosiy o‘rin egalladi. Bayram dasturi doirasida mehmonlar karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi, boshlovchilar esa tadbir ishtirokchilarini qutlab, barchani bahor ayyomi bilan tabrikladi.
