1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Namuna tayyorlash jarayoni raqamlashtirilmoqda

41

Zarafshon dala ekspeditsiyasining namuna tayyorlash sexida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan pilot loyiha ishga tushirildi.

Loyiha doirasida ishlar sifatini real vaqt rejimida onlayn hisobga olish va nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy etish ishlari "O‘zbek geologiya qidiruv" AJning Raqamli geologiya boshqarmasi tomonidan amalga oshirildi.

Ushbu loyiha geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, maʼlumotlarning shaffofligi va ishonchliligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar